Layfstayl Hot News

8 June 20:58

Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi.

O‘rmonchining o‘ziga ham yordam ko‘rsatilishi va’da qilindi..

8 June 17:24

Iyun ko‘p yondirmaydi.

Joriy haftada iyun uchun nisbatan salqin ob-havo hukm suradi. Kunduzi havo harorati +32...+37° atrofida bo‘lib, kechalari va tonggi soatlarda yoqimli salqinlik saqlanadi. Dam olish kunlarida esa qisqa muddatli jazirama kuzatilishi mumkin. Iyunning uchinchi haftasidan boshlab mamlakatning ko‘plab hududlarida namgarchilik oshishi kutilmoqda..

8 June 15:45

Sergeli mashina bozorida “saygaklar”ning rasmi ilib qo‘yildi.

Sergeli avtomobil bozori hududida “saygaklar”ning suratlari tushirilgan ogohlantirish stendi paydo bo‘lgan. Maxsus e’lonlar taxtasiga jami 40 nafar shaxsning fotosurati joylashtirilgan. Ularning 39 nafari erkak, 1 nafari ayol kishi. Har bir surat tagida fuqaroning ism-familiyasi va tug‘ilgan yili aniq ko‘rsatilgan. .

8 June 15:27

Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi.

Portlash oqibatida yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda..

Layfstayl News

Ushbu haftada harorat 39 darajagacha qizib ketishi mumkin

Ish haftasida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.  Ertaga 9-iyunda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda, shuningdek, kechasi va ertalab Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.  10-12-iyun kunlari respublika hududining katta qismida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi,...

8 June 13:42

Maktabdagi so‘nggi mojaro barcha o‘qituvchilarni qoralash uchun sabab emas. Bu yordamga muhtoj tizim haqidagi signal

Toshkentda 275-maktabdagi shov-shuvli holat jamoatchilikni ikkiga bo‘ldi. Ayrimlar bolalarni himoya qilmoqda, boshqalar o‘qituvchini oqlamoqda. Biroq faqat bir tomonni ayblash — eng noto‘g‘ri yondashuv. Hodisa ko‘plab omillar oqibati bo‘lib, unda ham o‘quvchilarni, ham o‘qituvchini jabrlanuvchi deb atash mumkin. Kolonka.

8 June 13:09

O‘zbekiston aholisi o‘rtacha necha yoshda?.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida, eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatida qayd etilgan..

8 June 11:30

Toshkentda mushukni to‘p bilan urib zinadan tushirib yuborgan bolaning otasiga chora ko‘rildi

Toshkentning Yashnobod tumanida 7 yoshli bola mushuk bolasini to‘p bilan urib, zinadan tushirib yuborgan. IIV ma’lum qilishicha, holat yuzasidan bolaning otasiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan va profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

8 June 10:53

Filippinda 7,8 magnitudali zilzila oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi

Filippin janubida 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi ortidan balandligi 1 metrgacha bo‘lgan sunami ro‘y berib, vayrongarchiliklarga sabab bo‘ldi. Kamida 19 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq kishi jarohat olgan. Evakuatsiya va qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

8 June 10:43

O‘zbekiston aholisi necha yoshda nikoh qurayotgani ma’lum bo‘ldi

2025-yilda O‘zbekistonda birinchi marta nikohdan o‘tayotgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 25,6 yoshni, ayollarniki esa 21,4 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklar uchun mazkur ko‘rsatkich 2024-yildagi 26,2 yoshdan 25,6 yoshga tushgan. Ayollarda ham o‘rtacha nikoh yoshi 21,8 yoshdan 21,4 yoshga...

8 June 10:27

O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi.

Belgiyaning Mons shahrida joylashgan NATOning Birlashgan qo‘shinlari Bosh qo‘mondonligining Operatsiyalar bo‘yicha shtab-kvartirasida (SHAPE) o‘tkazilgan “NATO sherik davlatlari kuni – 2026” tadbirida O‘zbekiston ham ishtirok etib, mamlakatning boy madaniy merosi, turistik salohiyati va milliy an’analarini xalqaro jamoatchilikka namoyish qildi..

8 June 10:15

“Soliq” ilovasidagi keshbek mablag‘larini daraxt ekishga yo‘naltirish mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonliklar endi “Soliq” mobil ilovasida xaridlar uchun yig‘ilgan keshbek mablag‘larini ixtiyoriy ravishda daraxt va ko‘chatlar ekishga yo‘naltirishi mumkin. Yangi xizmat Soliq qo‘mitasi va Ekologiya qo‘mitasi hamkorligida ishga tushirildi.

8 June 10:00

Surxondaryodagi mashhur bog‘ Ekologiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladi.

Surxondaryo viloyatida ekolog Aleksandr Fedin tomonidan barpo etilgan mashhur bog‘ni saqlab qolish va rivojlantirish maqsadida mazkur hudud Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladi. Shuningdek, bog‘ negizida jamoatchilik uchun ochiq ekologik park tashkil etilishi rejalashtirilmoqda..

8 June 09:45

“O‘nglaning! Uyaling!” — marhum Ibrohim G‘afurovning iqrorlari

Kuni kecha O‘zbekiston Qahramoni, taniqli adabiyotshunos, ustoz munaqqid va milliy tarjima maktabi namoyandasi Ibrohim G‘afurov 88 yoshida olamdan o‘tdi. Uning nomi bir necha avlod ziyolilari uchun shunchaki ijodkor emas, balki so‘zga, haqiqatga va yuksak ma’naviyatga sadoqat ramzi bo‘lib qoladi. Quyida mushtariylarimiz hukmiga Ibrohim...

8 June 09:37

“Inson tuyg‘ulari rentgeni”. Toshkentda fotorassom Bobur Alimxodjayevning ko‘rgazmasi ochildi

Toshkentda fotorassom Bobur Alimxodjayevning Duality: X-Ray of Memory ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda inson tabiatining tuzilishi tadqiq etilgan. Qo‘shaloq ekspozitsiya texnikasida yaratilgan fotopannolar haqiqiy rentgen suratlaridek taassurot uyg‘otadi. Gazeta ko‘rgazmada bo‘ldi.

8 June 09:26

Texnikum o‘quvchilariga «Work and Travel» dasturlari uchun ssuda ajratiladi

O‘zbekistonda texnikum o‘quvchilarining xorijda ishlash va sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida «Work and Travel» xalqaro dasturlarida ishtirok etish uchun ssuda ajratish tartibi joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida nazarda tutilmoqda. Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarning o‘rta va o‘rta maxsus...

8 June 09:25

1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi.

O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul jarayonlari joriy yilning 20 iyun sanasidan start oladi. Bu yil mamlakat bo‘yicha 795 mingdan ortiq bolani 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilgan..

8 June 08:53

9-12-iyun kunlari uchun tezkor xabar e’lon qilindi

Ob-havo bo‘yicha navbatdagi tezkor xabar e’lon qilindi.  Joriy yilning 9-12-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:  Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;  Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on,...

8 June 08:20

Madaniyat, san’at va adabiyot sohalaridagi tadbirkorlarga qanday soliq imtiyozlari berilmoqda?

O‘zbekiston Prezidentining madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan PF-103-sonli qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-sentyabrdan 2036-yil 1-yanvarga qadar ayrim toifadagi tadbirkorlik subyektlari uchun keng qamrovli soliq imtiyozlari joriy etiladi. Imtiyozlar asosiy faoliyati konsert-tomosha, kinematografiya va bolalar uchun kontent yaratish bo‘lgan subyektlarga tatbiq etiladi....

8 June 07:27

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Next

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati