Other News

O‘zbekiston va Gonkong to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi va yuk tashish aviareyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Gonkong muntazam yo‘lovchi va yuk tashish aviareyslarini yo‘lga qo‘yishni va O‘zbekistonda xalqaro aviatsiya akademiyasini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Gonkong kompaniyasi vakili bilan uchrashib, aviatsiya sohasidagi loyihalarni muhokama qildi.

14 August 05:33

OTMga kirolmaganlar apellyasiya arizalarini qachon va qayerda topshirishi aytildi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyasiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

14 August 05:22

O‘zbekistonda YTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun 2031-yilgacha maxsus huquqiy rejim joriy etilishi tasdiqlandi

O‘zbekistonda 2030-yil oxirigacha YTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga to‘lov tashkilotlari platformalari orqali xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi maxsus rejim joriy etiladi. Platformalarda bank hisobvarag‘iga teng bo‘lgan elektron hamyon ochiladi.

14 August 05:07

Ikkinchi mutaxassislikka qabul va o‘qishni ichki ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul bo‘yicha, shuningdek, o‘qishini bir davlat OTMdan boshqasiga ko‘chirish maqsadida berilgan arizalar ko‘rib chiqilgan. Ayrim arizalar kamchiligi bo‘lgani sababli rad etilgan. Ularni 14−15-avgust kunlari tahrirlash mumkin.

14 August 04:59

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati