Other News

Ukrainadagi urushning 4 yilligi munosabati bilan Toshkentda ko‘rgazma ochildi.

24 fevral kuni Ukrainaga qarshi tajovuzning boshlanganiga 4 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan «Ilhom» teatrida ukrainalik illyustratorlarning «Ko‘k-sariq» nomli ko‘rgazmasi ochildi. Unda ushbu davlat madaniy ramzlari, e’tiborga molik tarixiy voqealar gavdalantirilgan. Ko‘rgazma 25-28 fevral kunlari omma uchun ochiq bo‘ladi..

25 February 14:23

Kunduzgi qarab turish xizmati: 1 martdan ayrim toifadagi bemorlar qamrab olinadi.

2026 yil 1 martdan boshlab ruhiy kasallik bo‘yicha dispanser nazoratida turuvchi, xulq-atvori buzilishlari bo‘lmagan hamda demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan maxsus parvarishga muhtoj shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yiladi..

25 February 14:00

“Sud qarorlarining adolatliligiga taftish instansiya sudi huquqiy baho beradi” – Surxondaryo viloyati sudi.

Sho‘rchi dehqon bozorida sodir etilgan jinoyat – ikki erkakning janjali o‘lim bilan tugagani holati bo‘yicha apellyatsiya sudi jazoni yengillashtirganiga izoh berildi. Qayd etilishicha, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llanadigan jazo odilona bo‘lishi kerak. Apellyatsiya sudida aynan shu jihat inobatga olinib, mahkumlarga qonuniy yengillik berilgan..

25 February 13:43

Statistika: yashash va ovqatlanish xizmatlari bozorida ikki xonali o‘sish.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi qariyb 227 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2024 yilga nisbatan 10,4 foizga o‘sish demakdir..

25 February 13:21

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati