Other News

Angrendagi YTHda sud raisi jarohatlandi.

Toyota va Damas to‘qnashuvidan so‘ng Damas yo‘l chetida turgan JIB Piskent tuman sudi raisi Muzaffar Bozorovga borib urilgani aytilmoqda. Sud raisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Sudyalar oliy kengashi hozirda uning ahvoli yaxshi ekanini bildirdi..

25 February 20:38

O‘zbekiston va “Traxys Group” o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

AQSh xalqaro xomashyo savdosi sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri “Traxys Group” 24 fevral kuni Konchilik va geologiya vaziri Bobir Islamov, “Navoiyuran” davlat korxonasi direktori Jamol Fayzullayev hamda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati direktori Farhod Abdullayev bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “Traxys Group” kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi xabar berdi..

25 February 19:33

“Fizika qonunlariga qarshi chiqmoqda”. Ota-onasi O‘zbekiston sharafini himoya qilgan figurist Ilya Malinin hikoyasi

Ota-onasi 1992−2002-yillarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Ilya Malinin figurali uchish bo‘yicha Qishki Olimpiadaning asosiy favoritlari qatorida ko‘rilgandi (ammo yakunda medalsiz qoldi). Gazeta dunyoda ilk bor 1 dasturda 4 aylanishli akselni amalga oshirgan sportchining hikoyasini keltirib o‘tadi.

25 February 18:05

Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining ilk uchrashuvi Londonda o‘tadi

Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining “S5+1” formatidagi birinchi qo‘shma uchrashuvi 26-fevral kuni Londonda o‘tkaziladi. O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hamkorlikni, ayniqsa, ta’lim sohasida hamda mintaqaviy aloqalar doirasida yangi bosqichga ko‘tarishni kutmoqda.

25 February 17:48

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati