Other News

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar maktab jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati Osiyo bosqichida g‘olib bo‘ldi.

Endi o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar shu yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Grand-finalda Afrika, Amerika va Yevropa qit’asi vakillari bilan bahs olib borishadi..

12 April 19:30

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hajga borishda firibgarlarga aldanib qolmaslikka chaqirdi.

“Afsuski, o‘tgan yili yuzlab o‘zbekistonliklar noqonuniy yo‘llar bilan hajga borib, ibodatlarini to‘liq ado eta olishmadi. Ba’zilari deportatsiya qilindi, qamaldi, hatto vafot etganlar ham bo‘ldi”, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi ogohlantirishida..

12 April 18:42

Sindorov Nakamura bilan durang qayd etdi.

Endi o‘zbekistonlik shaxmatchining ochkolari soni 9 taga yetdi. Ikkinchi o‘rindagi Anish Giri (6,5) bu turda yutqazsa, Javohir bugunning o‘zida muddatidan oldin chempion bo‘ladi. Giri bugun yutqazmagan taqdirda ham keyingi turda Javohir u bilan o‘zaro o‘yinda durang qayd etishi muddatidan oldingi chempionlik uchun yetarli bo‘ladi..

12 April 18:36

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi haqida e’lon qildi.

U AQSh harbiylari bo‘g‘ozdan o‘tish uchun Eronga to‘lov qiladigan kemalarni qo‘lga olishidan ogohlantirgan..

12 April 18:20

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati