Other News

MIVD: Moskva NATOni mag‘lub etishni emas, bo‘lishni ko‘zlayapti.

Rossiya allaqachon NATO bilan ehtimoliy mintaqaviy mojaroga tayyorgarlik bo‘yicha aniq choralarni ko‘rmoqda va Moskva uchun eng qulay sharoit yuzaga kelsa, Ukrainadagi urush tugaganidan keyin bir yil ichida bunday to‘qnashuvga tayyor bo‘lishi mumkin. Bu baho Niderlandiyaning Harbiy razvedka va xavfsizlik xizmati - MIVD tomonidan tayyorlangan va 21 aprel kuni e’lon qilingan hisobotda berilgan..

23 April 12:07

Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarni qayta tiklash ustida ish olib borayotganini bildirdi. Bundan avval Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Anqaradan Zelenskiy va Putin uchrashuvini tashkil etishda yordam so‘ragan edi..

23 April 12:03

Taftish.uz jurnalistlariga oid ish Harbiy prokuraturaga o‘tkazildi — huquq himoyachisi

Taftish.uz jamoasiga nisbatan tergov harakatlari ishda DXX xodimlari ishtiroki sababli Harbiy prokuraturaga o‘tkazildi, deya xabar berdi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov. U, shuningdek, materiallarning bir qismi yopiqligini va sud jarayoni ham yopiq tartibda o‘tishi mumkinligini qayd etdi.

23 April 11:54

Tramp administratsiyasi kompaniyalarga bojxona to‘lovlarini qaytarish jarayonini boshladi

Donald Tramp administratsiyasi AQSh kompaniyalaridan bojxona bojlari hisobidan yig‘ilgan 166 mlrd dollardan ortiq mablag‘ni qaytarish bo‘yicha arizalarni qabul qilishni boshladi. Avvalroq AQSh Oliy sudi ushbu bojlarni noqonuniy deb topgandi.

23 April 11:53

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati