Other News

Yarim yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston oltin eksportini qayta tikladi.

2025 yil sentabr oyidan keyin eksportni amalda to‘xtatgan O‘zbekiston 2026 yilning dastlabki 4 oyida 1,5 milliard dollarlik oltin eksport qildi..

26 May 18:43

Kichik biznes uchun QQSga o‘tish chegarasi oshirildi.

2026 yil 1 iyundan boshlab kichik biznes uchun umumiy soliq rejimiga o‘tishdagi chegaraviy miqdor 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshiriladi. Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida ixtiyoriy 6 foizlik QQS rejimi joriy etiladi. Ishonchli tadbirkorlarga QQS avtomatik qaytarib beriladi. QQS to‘lovchisi guvohnomasini vaqtincha to‘xtatib turish tartibi bekor qilinadi..

26 May 18:31

Yangi o‘quv yilida 800 mingga yaqin bola 1-sinfga qabul qilinadi.

Bu yil bolalarni umumta’lim maktablariga onlayn qabul qilish qamrovi oshirildi hamda bu turdagi tuman va shaharlar soni 64 tadan 135 taga, maktablar soni esa 1950 tadan 5690 taga ko‘paydi..

26 May 18:05

Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi.

2026 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi tariflari oshiriladi. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda, aholi uchun ikki oy mobaynida, tadbirkorlar uchun esa bir oy davomida eski tariflar amalda bo‘ladi..

26 May 17:36

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati