Other News

Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi.

O‘limlarning uchtasi YTH, biri kasallik bilan bog‘liq..

13 June 15:55

Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi.

IIB xodimi mashinani mast holda boshqargan. U 43 yoshli erkakni urib yuborib, o‘limiga sabab bo‘lgan. So‘ngra jasadni hodisa joyidan uzoqroqqa olib borib, suvga oqizib yuborgan. Marhumning murdasi 80 kundan so‘ng Do‘stlik kanalidan topilgan..

13 June 15:48

Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi.

Bundan tashqari, xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik uchun jazo og‘irlashtirilib, bunday jinoyatchilar uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilandi. Xususiy kompaniya xodimini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda. Qator turdagi jinoyatlar “g‘arazgo‘ylik niyatlarida” sodir etilgan bo‘lsa, og‘irroq jazo beriladi..

13 June 15:47

Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi.

Senatorlarga ko‘ra, Toshkent xalqaro tijorat sudi sudyalariga qo‘yilayotgan talablarni qayta ko‘rib chiqish kerak. Bu sudning har qanday xalqaro arbitrajga oid ishni va ma’muriy-huquqiy nizolarni ko‘rishi hamda Konstitutsiya va qonunlarga sharh berish vakolatlarini aniqlashtirish ham talab etiladi. Qonunni quyi palataga qaytarish va deputatlar bilan kelishuv komissiyasini tuzishga qaror qilindi..

13 June 15:29

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati