Other News

Erdo‘g‘an tadbirda Cho‘lponning «Go‘zal Turkiston» she’ridan parcha o‘qib berdi.

U o‘z nutqida so‘nggi ikki asr nafaqat turk millati, balki butun turkiy dunyo uchun qiyinchiliklar, azob-uqubatlar bilan o‘tganini ta’kidlab, endi bu davrlar ortda qolgani, Turkiya turkiy davlatlar o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilganini qayd etdi..

17 December 14:58

🔴 LIVE: “Rossiyaning beshta talabi bor” – Ryabkov | "Geosiyosat".

Ukrainadagi urushni yakunlashning asosiy sharti sifatida Donbassning Moskvaga berilishi talab qilinyapti. Lekin Rossiya konstitutsiyasiga Xerson va Zaporojye ham kiritilgan. Shunday vaziyatda Moskva amalda qaysi hududlarga da’vosidan voz kechishga tayyor?.

17 December 14:46

RF Yevropa sudiga da’volar kiritgan NNTni “nomaqbul” deb e’lon qildi.

Niderlanddagi Stichting Justice Initiative (“Huquqiy tashabbus”) Rossiyada “nomaqbul” deb topildi. Tashkilot Yevropa sudiga RFga qarshi da’volar tayyorlash bilan shug‘ullangan, hozir esa Ukrainadagi harbiy jinoyatlar bo‘yicha guvohliklarni to‘plamoqda..

17 December 14:43

Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi.

Loyihani Janubiy Koreya ajratgan 3 mln dollarlik grant mablag‘lari asosida, 4 ta koreys kompaniyasidan iborat konsorsium ishlab chiqdi. Tafsilotlar hali ochiqlanmadi. Yangi temiryo‘l Toshkent va Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlari qatnovini ko‘paytirish imkonini berishi ko‘zda tutilgan..

17 December 14:05

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati