Other News

Erdo‘g‘an tadbirda Cho‘lponning «Go‘zal Turkiston» she’ridan parcha o‘qib berdi.

U o‘z nutqida so‘nggi ikki asr nafaqat turk millati, balki butun turkiy dunyo uchun qiyinchiliklar, azob-uqubatlar bilan o‘tganini ta’kidlab, endi bu davrlar ortda qolgani, Turkiya turkiy davlatlar o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilganini qayd etdi..

17 December 14:58

Oliy sud: 273-modda bilan sudlanganlar soni 2,8 mingdan oshdi.

Oliy sud axborot xizmatiga ko‘ra, 2025 yilning 11 oyi mobaynida Jinoyat kodeksining 273-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 2 875 nafar shaxs sudlandi. Ulardan 2 650 nafari ozodlikdan mahrum qilingan. .

17 December 14:56

🔴 LIVE: “Rossiyaning beshta talabi bor” – Ryabkov | "Geosiyosat".

Ukrainadagi urushni yakunlashning asosiy sharti sifatida Donbassning Moskvaga berilishi talab qilinyapti. Lekin Rossiya konstitutsiyasiga Xerson va Zaporojye ham kiritilgan. Shunday vaziyatda Moskva amalda qaysi hududlarga da’vosidan voz kechishga tayyor?.

17 December 14:46

RF Yevropa sudiga da’volar kiritgan NNTni “nomaqbul” deb e’lon qildi.

Niderlanddagi Stichting Justice Initiative (“Huquqiy tashabbus”) Rossiyada “nomaqbul” deb topildi. Tashkilot Yevropa sudiga RFga qarshi da’volar tayyorlash bilan shug‘ullangan, hozir esa Ukrainadagi harbiy jinoyatlar bo‘yicha guvohliklarni to‘plamoqda..

17 December 14:43

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati