Other News

Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi.

Bundan tashqari, xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik uchun jazo og‘irlashtirilib, bunday jinoyatchilar uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilandi. Xususiy kompaniya xodimini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda. Qator turdagi jinoyatlar “g‘arazgo‘ylik niyatlarida” sodir etilgan bo‘lsa, og‘irroq jazo beriladi..

13 June 15:47

Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi.

Senatorlarga ko‘ra, Toshkent xalqaro tijorat sudi sudyalariga qo‘yilayotgan talablarni qayta ko‘rib chiqish kerak. Bu sudning har qanday xalqaro arbitrajga oid ishni va ma’muriy-huquqiy nizolarni ko‘rishi hamda Konstitutsiya va qonunlarga sharh berish vakolatlarini aniqlashtirish ham talab etiladi. Qonunni quyi palataga qaytarish va deputatlar bilan kelishuv komissiyasini tuzishga qaror qilindi..

13 June 15:29

Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi.

Ikkinchi jahon urushi davrida nemislar qo‘liga asir tushib, Jyersi orolida tutqunlikda bo‘lgan va jahannam orolidan qochishga muvaffaq bo‘lgan Boqijon Akramov asli Namangandanmas, balki Buxoro shahridan ekani ma’lum bo‘ldi. .

13 June 15:20

Markaziy bank: inflyasiya 7,3 foizgacha pasaydi

Oliy Majlis Senatining 16-yalpi majlisida Markaziy bankning 2025-yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi. Ma’lum qilinishicha, 2025-yil yakunlari bo‘yicha inflyasiya darajasi 9,8 foizdan 7,3 foizgacha, bazaviy inflyasiya esa 7,3 foizdan 5,7 foizgacha pasaygan. Yil yakunida O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 66,3 mlrd dollarga yetgan. Shuningdek, aholi...

13 June 15:00

© Xabarchi Network, 2024-2025
Biz bilan bog'lanish: [email protected]
Maxfiylik siyosati